Veb-dasturlash
Next.js va TypeScript asosida saytlar, veb-ilovalar va ichki vositalar.
Nimalar kiradi
- Kompaniya saytlari va landinglar
- Veb-ilovalar va dashboardlar
- Mavjud saytlar uchun tezlik, accessibility va SEO
Veb, telefon va Telegram uchun mahsulot quramiz. Har bir loyiha qisqa rejadan boshlanadi va ustida ishlashni davom ettirsa boʻladigan kod bilan tugaydi.
Next.js va TypeScript asosida saytlar, veb-ilovalar va ichki vositalar.
Odamlar har kuni telefonda foydalanadigan iOS va Android ilovalar.
Foydalanuvchilari kun boʻyi Telegramda boʻladigan mahsulotlar uchun botlar va Mini Apps.
Muammoni, mahsulotdan kim foydalanishini va vaqt hamda budjet cheklovlarini muhokama qilamiz. Natijada birinchi reliz uchun yozma reja olasiz.
Asosiy ssenariylarni tuzamiz va eng muhim ekranlarni chizamiz. Kod yozishni boshlashdan oldin prototipni oʻzingiz bosib koʻrasiz.
Qisqa sikllarda ishlaymiz va har bir yangilanishni istalgan payt ochishingiz mumkin boʻlgan test manzilga chiqaramiz. Kod birlashtirishdan oldin reviewʼdan oʻtadi.
Birinchi versiyani chiqaramiz, undan qanday foydalanishayotganini kuzatamiz va xalaqit beradigan joylarni tuzatamiz. Keyin yo birga davom etamiz, yo kod va hujjatlarni topshiramiz.